Bugun O‘zbekiston tibbiyoti uchun isbotlangan tibbiyotga asoslangan Klinik protokollarni ishlab chiqish va qabul qilish muhim masala sanaladi. Ya’ni har bir shifokorga O‘zbekistondagi bemorlarni xalqaro ilg‘or tajribani qo‘llagan holda davolashdagi harakatida dasturi amal bo‘ladigan Klinik protokollarni. Bu ishda Milliy palataga va umuman O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash tizimiga taniqli xalqaro ekspertlarni jalb etishda dunyoga tanilgan AstraZeneca kompaniyasi kabi hamkor yordam beradi. Shubhasiz, ularning tajribasi yurtimiz shifokorlari uchun zamonaviy Klinik protokollarni ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish imkonini  beradi.

Uchrashuvda  AstraZenecaning strategik hamkorligini yevroosiyo klasterida rivojlantirish boshqarmasi rahbari Zamira Kulmanbetova endokrinologiyada Rossiya Klinik protokollarini yangilashda ishtirok etgan ekspertlarni aynan aprel oyida jalb qilish imkoniyati mavjudligini ta'kidladi.

«Bunday xalqaro darajada nufuzli mutaxassislarni jalb etib, O‘zbekistonda haqiqiy samarali zamonaviy klinik protokollar va qo‘llanmalarni ishlab chiqish va qabul qilishni tezlashtirish mumkin. Va bu yerda biz sizni qo‘llab-quvatlashga tayyormiz», — deb ta’kidladi Z. Kulmanbetova. 

Kompaniya vakilining ta’kidlashicha, bugun O‘zbekiston tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlar mamlakatda yuqori texnologiyalarga asosan tayyorlangan zamonaviy farmatsevtik vositalarning paydo bo‘lishiga imkon tug‘diradi. Xususan, mazkur kompaniya so‘ngi ikki yil davomida O‘zbekistonda o‘zining bir qator so‘ngi ishlanmalarini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Onkologik bemorlar uchun dori vositalari ham shular jumlasidandir.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga qaraganda, mamlakatda zamonaviy farmatsevtik vositalarning paydo bo‘lishiga imkon tug‘diradigan o‘zgarishlarning to‘liq samarasiga erishish uchun shuningdek, (Asosiy dori vositlari ro‘yxati) SOLS (Spisok osnovnыx lekarstvennыx sredstv) tizimini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Bugungi kunda u har ikki yilda bir marotaba qayta ko‘rib chiqiladi. Demak, yangi dori vositalari unga bir-ikki yildan kam bo‘lmagan vaqtda kelib tushadi. Uchrashuvda ta’kidlanganidek, SORSni qayta ko‘rib chiqishning bunday tizimi MDH davlatlari orasida faqat O‘zbekistonda qoldi. Xususan, Rossiyada SOLSni bir yilda bir marotaba qayta ko‘rib chiqadi. Undan tashqari, Innovatsion terapiyani qo‘llash imkonyatlari haqida so‘z yuritilganda, alohida holatlarda qo‘shimcha ko‘rib ham chiqiladi.  

Muzokarlar davomida tomonlarning aholining ma’lum guruhini dori vositalari bilan imtiyozli ravishda ta’minlash bo‘yicha loyihalardagi hamkorligining imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Masalan, stendlash muolajasidan so‘ng bemorlarni imtiyozli ravishda dori vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha. Chunki unday bemorlar o‘rnatilgan stendlarda tromb shakllanishining oldini olish uchun 12 oydan kam bo‘lmagan muddatda antiagregat terapiya qabul qilishi zarur bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda dastlabki loyihasi boshlangan majburiy tibbiy sug‘urta tizimini, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining malakasini oshirishdagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida va boshqa bir qator yo‘nalishlarda tajriba almashish zarurligi ta’kidlandi, deb xabar beradi Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.