Milliy palataga “Millatning salomatlik ligasi” diplomi topshirildi

    Xalqaro hamkorlik 11 Iyun 2021 1255

    Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasiga taniqli rossiyalik shifokor, akademik Leo Bokeriya prezidentlik qilayotgan “Millatning salomatlik ligasi” diplomi topshirildi.

    Diplom 10-iyunda Toshkentda “Sogʻliqni saqlash — TIHE 2021” Xalqaro koʻrgazma doirasida topshirildi.

    Mazkur tashkilot loyihalari tajribasi bugungi Oʻzbekiston uchun qiziq va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sogʻlom turmush tarzi yoʻnalishlariga hamohangdir.

    Xususan, Toshkent koʻrgazmasida keng miqyosdagi “Sogʻlom munitsipalitet” Rossiya dasturi taqdim etilgan. Mazkur dastur 2015-yildan amalga oshirila boshlagan va bugun Rossiya Federatsiyasining 85ta hududini, va shunga muvofiq 21 ming munitsipalitetlari (oʻzini-oʻzi boshqarish organlari)ni qamrab olgan.

    “Millatning salomatlik ligasi” vitse-prezidenti Nikolay Kononov taʼkidlaganidek, dasturning asosiy vazifasi — bu millatga tanlash imkoniyati va sogʻlom turmush tarzini olib borish sharoitlarini yaratish, munitsipal darajada sogʻlomlashtirish infratuzilmalarini yaratishda, odamlar hayoti sifatini oshirish va umrini uzaytirishda koʻmaklashishdir.

    Dasturning eng ommabop yoʻnalishlaridan biri “Yurib ketayotgan odam” musobaqasi va “hayotga 10 ming qadam” aksiyasidir. Mazkur tashabbuslar soʻngi yillarda keng qoʻllab-quvvatlanyapti. “Gazprom” kompaniyasi tomonidan har xil hududlarda 157 ta yurishni sevuvchilar guruhlari tuzilgan. Bu odamlardagi oʻz sogʻligiga boʻlgan eʼtiborning kuchayishiga olib keladi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.