O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi Ijroqo'm yig'ilishining tegishli qarori bilan Mirziyoeva Shahnoza Shavkatovna O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari lavozimiga saylandi.

Shahnoza Mirziyoeva hozirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o'rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritib kelmoqda.