Tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Oʻzbekiston Sotsial turizm assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkazilmoqda.
Festivalda 100 nafar alohida ehtiyojli va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlari, madaniy dasturlar va koʻngilochar tomoshalar tashkil etiladi.
Tadbir doirasida Oʻzbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmand ustalar ishtirokida “Qoʻgʻirchoqlar bayrami” nomi ostida koʻrgazma-yarmarka boʻlib oʻtadi.
Yarmarka 1-iyun kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha davom etadi.
Bolalar tomoshalari esa soat 18:00 dan boshlanadi.
Toshkent shahar aholisi va poytaxt mehmonlarini bolalar bilan birgalikda ushbu festivalga taklif qilamiz, deya xabar bermoqda Turizm va madaniy meros vazirligi.