Maʼlum qilinishicha, 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qoʻgʻirchoq teatri rassomi” va “Amaliy sanʼat: badiiy zargarlik” bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2021/2022 oʻkuv yilidan boshlab “Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasi xalk rassomi”, “Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining xaqiqiy aʼzosi” faxriy unvonlari – professor ilmiy unvoniga hamda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvonlari - dotsent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi.