"Umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi. Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abituriyentlar ishtirok etishi mumkin, degan cheklov mavjud emas. Yaʼni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin", deb yozmoqda Davlat test markazi.

Boshqacha qilib aytganda, chet tili imtihonlarida bo‘lgani kabi o‘z bilimini sinab ko‘rish istagini bildirgan istalgan shaxs umumtaʼlim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo‘lga kiritishi mumkin.

Mazkur imtihon bo‘yicha berilayotgan eng ko‘p savollardan biri milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarga ustama berilishi bilan bog‘liq.

O‘qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda Davlat test markazi o‘qituvchilarga ustama to‘lanishi bilan bog‘liq holatga o‘zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni tavsiya etadi.