Qayd etilishicha, “iTicket” kompaniyasi va OʻFA huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda, avvalgi oʻyinlar tajribasidan kelib chiqib, firibgarlik va chiptalarning qalbakilashtirishning oldini olish maqsadida faqat “Humo Arena“, “Bunyodkor“ va “Paxtakor“ stadionida oflayn savdo tartibini joriy etadi.
Maʼlumotlarga koʻra, mazkur chiptalar maxsus kodlangan. Avvalgi uchrashuvlarda firibgarlar elektron chiptalarni soxtalashtirib, koʻplab muxlislarning stadionga kirolmasligiga sababchi boʻlishgandi.
Chiptalar sotuvi boshlanish sanasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.