Milliy terma jamoamiz raqibni Toshkentda “Lokomotiv” stadionida qabul qilsa, U-19 yoshlar terma jamoamiz Tojikistonning Xoʻjand shahrida mehmon boʻladi. Yoshlar terma jamoalarining oʻyini Toshkent vaqti bilan 17:00 ga belgilangan. Toshkentdagi bahs esa 19:00 dan boshlab start oladi.

Milliy terma jamoamiz tojiklarga qarshi 8 ta uchrashuvda qatnashib, 4 bor gʻalaba qozongan, 3 ta oʻyinda durang natija qayd etilgan boʻlsa, 1 ta oʻyinda imkoniyatni boy berishgan. Hamyurtlarimiz Tojikiston terma jamoasi darvozasini 16 bor ishgʻol etib, 8-marta oʻz darvozalaridan toʻp olib chiqishgan.