“Milliy xalq o‘yinlari — milliy g‘urur” tanlovi o‘tkaziladi

    Tanlov 2022-yilning 1-noyabriga qadar davom etadi.

    Mamlakatimizda milliy sport turlari va xalq o‘yinlari, etnosport turlarini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, bolalar-o‘smirlar hamda yoshlarni etnosport turlariga keng jalb qilish maqsadida “Milliy xalq o‘yinlari — milliy g‘urur” nomli maxsus roliklar tayyorlash va efirga uzatish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

    Tanlovga taqdim etilayotgan ijodiy mahsulotlar – roliklarni tayyorlashda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi:

    - Tanlovga taqdim etilayotgan ijodiy mahsulotlarda avvalo xalqimiz orasida unutilib borayotgan milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini saqlab qolish hamda ularni yosh avlod orasida keng ommalashtirishga;

    - Roliklarda milliy mentalitetimizdan kelib chiqqan holda o‘zbek xalqiga xos qadriyat va urf-odatlarni targ‘ib qilish;

    - Milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining aholi salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish.

    Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarning vaqti 1-3 daqiqa oralig‘ida bo‘lishi, hajmi esa 100 mGbdan oshmasligi talab qilinadi.

    Tanlov 2022-yilning 1-noyabriga qadar davom etadi. Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarni info@minsport.uz elektron manziliga yuborasiz.

    Eng yaxshi ijodiy mahsulotlar tanlov g‘olibi sifatida tashkilotchilar tomonidan munosib rag‘batlantiriladi hamda telekanallar orqali efirga uzatiladi.