Oʻrganish davomida, tuman maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan 1-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 66 nafar xodimning jami 157.310.786 soʻm, 7-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 80 nafar xodimlarning jami 227.181.310 soʻm, shuningdek, 39-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida 49 nafar xodimning jami 157.542.004 soʻm oylik ish haqlariga 2020-yilning may-avgust oylari uchun ularning lavozim maoshlariga 100 foizlik qoʻshimcha 13-maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yana-da takomillashtirish chora- 3-bandida, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan.

Shuningdek, Mehnat kodeksning 161-moddasiga koʻra, mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanishi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emasligi, xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi toʻlashning boshqa muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkinligi qayd etilgan.

Oʻrganish natijasiga koʻra, Mingbuloq tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim boʻlimiga 2021-yilning 24-mart kuni taqdimnoma kiritilib, mazkur taqdinomaga asosan, 1-, 7-, 39-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jami 185 nafar xodimning 542.034.100 soʻm miqdoridagi qoʻshimcha haqlari undirib berilishi taʼminlandi.

Javlon Rajabov,
Mingbuloq tuman adliya boʻlimi bosh maslahatchisi