Byuroning Mingbuloq tuman boʻlimi tomonidan bu borada tegishli chora-tadbirlar koʻrib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning oʻtgan 8 oyi yakuni bilan boʻlim tomonidan umumiy miqdori 28 mlrd 854 mln soʻmlik 7538 ta ijro hujjatlari tamomlandi.
Boʻlim tomonidan aliment undiruv bilan bogʻliq ijro hujjatlari ijrosini taʼminlash, undiruvchilar foydasiga mablagʻlarni undirib berish borasida ham ishlar olib borilmoqda.
Masalan, fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan tumanlararo sudining 2015-yil 14-mart kunidagi qaroriga koʻra Qurbonov Gʻulomjondan undiruv Shahnoza Dadamirzayeva foydasiga ¼ qism miqdorida aliment undirish belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning tuman boʻlimi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan aliment mablagʻini vaqtida undirish choralari koʻrib kelinmoqda.
Oʻz oʻrnida qarzdorga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktyabrdagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi toʻgʻrisida” nizomning 9-bandida alimentlarni oldindan toʻlash bola voyaga yetgunga qadar har qanday davr uchun va besh yildan kam boʻlmagan muddatga amalga oshirish koʻrsatib oʻtilgani tushuntirib oʻtildi.
Fuqaro Gʻ.Qurbonov oʻz farzandi voyaga yetgunga qadar aliment mablagʻini toʻlashini soʻrab ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish haqida ajrim chiqarib berishni soʻraydi. Mazkur murojaat atroflicha koʻrib chiqilib, 18 yoshga qadar hisoblangan 30 mln soʻm aliment pulini toʻlab berdi. Amalda ijro hujjati tamomlandi.
Yoki boʻlmasa, boʻlim ish yurituviga olingan pandemiya davrida karantin qoidalarni buzgan shaxslarga nisbatan qoʻllanilgan maʼmuriy jarimalarni davlat foydasiga undirilishi ham taʼminlanmoqda. Jumladan, oʻtgan davrda 85 mln soʻmlik maʼmuriy jarimalar undirildi. Tijorat banklari foydasiga undirish bilan bogʻliq jami 2 mlrd 100 mln soʻmlik ijro hujjatlari ijrosi amalda tamomlandi.
Jahongir Rahimov,
MIB Mingbuloq tuman boʻlimi boshligʻi