Qishloq xoʻjaligida yoshlar bandligini taʼminlash, ularni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, qishloq joylarda yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida joriy yil tumanda 1262 gektar yer maydoni ajratilishi koʻzda tutilgan. Bu bilan 5048 nafar ishsiz yigit-qizning bandligi taʼminlanadi.

Bugun “Gigant” MMTP hududida joylashgan “Abdusattor oq oltin” fermer xoʻjaligidagi 21 gektar yer maydonidan Mehnatobod, Mustaqillik, Uyurchi-Damkoʻl, Qayragʻochovul mahallalarida istiqomat qiluvchi 84 nafar ishsiz yoshga yigirma besh sotixdan ajratib berildi va bu haqdagi maxsus sertifikat topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Nurshod Xudoyberdiyev soʻzga chiqib, bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib, moʻl hosil olishga harakat qilish va daromadni koʻpaytirish zarurligi, buning uchun hamma sharoitlar yaratib berilishini taʼkidladi.