Mingga yaqin tadbirkorga 1,3 trln soʻm QQS bir kunda qaytarildi

    2025-yilning I yarim yilligida “AAA” toifadagi 934 ta tadbirkorlik subyektiga 1,3 trln soʻm QQS avtomatik ravishda bir kunda qoplab berildi.

    Bu haqda Soliq qoʻmitasi maʼlum qildi.

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va ragʻbatlantirishni nazarda tutadi.

    Eng yuqori “AAA” toifadagi reytingga ega tadbirkorlarda:

    • soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar bundan mustasno.

    QQS summasi 1 kun ichida qoplab beriladi, shu bilan birga kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.

    Davlat korxonalari hamda ustav fondi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno.

    2024-yilda “AAA” toifadagi 1 099 ta tadbirkorlik subyektiga 1 932,8 mlrd soʻm QQS hech qanday tekshiruvlarsiz, bir kunda avtomatik ravishda qaytarib berilgan.