“Minor” metro yonida “Captiva” yonib ketdi

    Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi "Minor" metro bekati yonida “Captiva” rusumli avtomobil yonib ketgani boʻyicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushdi.

    Holat boʻyicha, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

    Qayd etilishicha shu yilning 12-sentyabr kuni soat 13:32 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Osiyo koʻchasida, avtomobil yonayotganligi toʻgʻrisida, Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

    Xabarga asosan, yongʻin-qutqaruv ekipaji aytilgan manzilga yuborilib, yongʻin soat 13:37 da batamom oʻchirildi.

    Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq.