Tadbir davomida Samarqand shahridagi 45-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori oʻrinbosari D.M. tanishi Q.M.ni Qozogʻiston Respublikasidagi Miras universitetiga kiritib qoʻyish evaziga Samarqand shahridagi MIB viloyat boshqarmasi maʼmuriy binosi yonida undan 5500 AQSH dollarini olayotganda ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Toʻplangan hujjatlardan koʻrinishicha, 45-umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori oʻrinbosari D.M. tomonidan firibgarlik, yaʼni aldash va ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan oʻzganing ancha miqdordagi mulkini qoʻlga kiritish hamda mansabdor shaxsga pora berishga dalolat qilishda ifodalangan harakatlar ayon boʻldi. Shunga koʻra, D.M.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28-, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Samarqand
viloyati boshqarmasi axborot xizmati.