Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, atoqli shoir Mirmuhsin tavalludining 100-yilligi munosabati bilan adib yashab, ijod qilgan goʻsha — Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz 1, 13-uyga xotira lavhasi oʻrnatildi.

Bugun ushbu barelyefning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.