Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXXning Mirobod tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro S.ga 50 AQSH dollari kupyuradagi 16 dona qalbaki 800 AQSH dollarini 500 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida O.S.ning yonidan yana 7 dona qalbaki 50 kupyuradagi 350 AQSH dollari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro O.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.