Mirobod va Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minoti qisqa vaqtlarga o'chiriladi

    Ushbu hududlarda energiya ta'minoti joriy yilning 15-may kunidan 20-may kuniga qadar soat 10:00 dan 12:00 ga qadar qisqa muddatga o'chirilishi rejalashtirilgan.

    Bu haqida Hududiy elektr tarmoqlari AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Toshkent shahar hokimligi.

    Ma'lum qilinishicha, Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlari hudududlarini qisman elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVli “Qo'qon” podstansiyasidagi T-1dagi quvvati 40 000 kVA bo'lgan mavjud transformatorni yangi 63 000 kVA bo'lgan katta quvvatli tarnsformatorga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

    Shu sababli, joriy yilning 15-may kunidan 20-may kuniga qadar Toshkent shahrining Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 12:00 ga qadar qisqa muddatga o'chirilishi rejalashtirilgan.

    Ushbu ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

    Mirobod tumanining: Gospitalniy, Afrosiyob, Oybek, Shevchenko, Fidokor, Shaxrisabz, Mironshox hamda kichik Mirobod ko'chalari;

    Yakkasaroy tumanining: Zarbog', Voxidova, Rakatboshi, Yusuf Hos Hojib, G.Karimova, Akilova, Mirakilova, Bog'idil, Mirakilova, Mirakilova 1-tor, Shmita, M.Yoqubova, Mirobod, Mirobod 1- va 2-tor hamda Usmon Nosir ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o'chiriladi.