Bu haqida Hududiy elektr tarmoqlari AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda Toshkent  shahar hokimligi.

Ma'lum qilinishicha, Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlari hudududlarini qisman elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/10 kVli “Qo'qon” podstansiyasidagi T-1dagi quvvati 40 000 kVA bo'lgan mavjud transformatorni yangi 63 000 kVA bo'lgan katta quvvatli tarnsformatorga almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, joriy yilning 15-may kunidan 20-may kuniga qadar Toshkent shahrining Mirobod hamda Yakkasaroy tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 12:00 ga qadar qisqa muddatga o'chirilishi rejalashtirilgan.

Ushbu ta'mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

Mirobod tumanining: Gospitalniy, Afrosiyob, Oybek, Shevchenko, Fidokor, Shaxrisabz, Mironshox hamda kichik Mirobod ko'chalari;

Yakkasaroy tumanining: Zarbog', Voxidova, Rakatboshi, Yusuf Hos Hojib, G.Karimova, Akilova, Mirakilova, Bog'idil, Mirakilova, Mirakilova 1-tor, Shmita, M.Yoqubova, Mirobod, Mirobod 1- va 2-tor hamda Usmon Nosir ko'chalari hududidagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik o'chiriladi.