Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tumani boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “V.F.”, “V.I.“ va “V.V.“ MCHJlarning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan X.G. ushbu korxonalarning rahbarlari A.I. va I.D.ning xabardorligisiz jami 951 mln soʻm pullarini oʻziga tegishli bank plastik kartasiga oʻtkazib olib, oʻzlashtirganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.