Bu haqda Oʻzbekiston Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni (PF-55-son, 01.04.2024-y.) belgilandi.
Bunda:
- Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning oʻquv jarayoni 5-yillik dasturlar asosida STEM modeli boʻyicha tashkil etiladi;
- muhandislik dasturlariga tanlov umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining matematika, mantiqiy fikrlash, informatika va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha qobiliyati bor 6-sinf bitiruvchilari orasidan amalga oshiriladi;
- muhandislik taʼlim dasturlari “Yangi Oʻzbekiston” universiteti bakalavriat taʼlim dasturlari bilan oʻzaro integratsiya qilinadi;
- muhandislik taʼlim dasturlarini lozim darajada oʻzlashtirgan bitiruvchilarga oʻz oʻqishini “Yangi Oʻzbekiston” universiteti tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining 2-bosqichidan davom ettirish huquqi beriladi.