Bu haqda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi matbuot xizmatining xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasining infratuzilmasi oʻzgarib, shaharsozlik normalariga toʻla mos tushadigan maskanga aylanmoqda. Ushbu koʻchada 24/7 rejimda faoliyat yuritadigan servis markazlari paydo boʻladi, koʻchaning infratuzilmasi toʻliq oʻzgaradi.
Shu munosabat bilan bugun, 18-oktyabr soat 14:00dan boshlab, 20-dekabr sanasiga qadar, “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasining Shahrisabz koʻchasi bilan kesishmasidan, “Oʻzbekiston ovozi” koʻchasining Istiqlol koʻchasiga qadar qismi vaqtincha avtoulovlar harakati uchun yopildi.