Ta'mirlash ishlari tufayli Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumanining “Ijodkor” MFY Milliy bog' ko'chasiga 11-oktyabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to'xtatiladi. Bu haqida “Hududgaz Poytaxt” GTF xabar bermoqda.

Belgilangan hududda:

Aholi xonadonlari soni — 1959 ta

Ulgurji iste'molchilar soni — 20 ta.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so'ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.