Mirzo Ulugʻbek va Yakkasaroy tumaniga yangi DSI boshliqlari tayinlandi

    Mamlakatimizda 4 Mart 2021 4273

    Davlat soliq qoʻmitasi buyrugʻi bilan Imindjanov Umid Baxramovich Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Umid Imindjanov 1984-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 2008-yilda Toshkent Davlat agrar universitetini tamomlagan.

    U.Imindjanov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    U soliq organlaridagi professional faoliyatini 2011-yilda Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarning soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash monitoringi shoʻbasi inspektori lavozimidan boshlagan.

    Umid Imindjanov soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

    Davlat soliq qoʻmitasi buyrugʻi bilan Malikov Abdumuxtor Abdugafurovich Toshkent shahri Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Abdumuxtor Malikov 1985-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Toshkent moliya institutini Koʻchmas mulk bozori, baholash va rieltorlik ishi, moliya mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. (2007-yil bakalavr, 2009-yil magistr)

    A.Malikov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Yashnobod tumani boʻyicha Gʻaznachilik boʻlinmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Abdumuxtor Malikov faoliyatini 2007-yilda Toshkent shahri boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi moliyaviy majburiyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va toʻlovlarni amalga oshirish guruhi inspektori lavozimidan boshlagan.