Bu haqda “Sh. Marjoniy” nomidagi fond jamgʻarmasining toʻqimachilik va qoʻlyozmalar kolleksiyasi kuratori Galina Lasikova Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyatining Samarqand shahridagi VII xalqaro kongressi doirasida jamgʻarma fondidan olingan noyob miniatyura boʻyicha oʻz hikoyasi bilan chiqish qildi.
Miniatyurada ustoz va shogird anʼanalari, shuningdek mashhur Shayx Orif Ozodiy va yosh Mirzo Ulugʻbek tasvirlangan boʻlib, qizigʻi “Oshiqlar yigʻini” deb nomlanuvchi mazkur asarning muallifi maʼlum emas. Taxmin qilinishicha, miniatyura XVII asrdagi Buxoro maktabiga mansub.
Maʼlumot uchun, kongress Samarqand turistik markazida boʻlib oʻtmoqda. Bunday yuqori saviyali tadbirlarni oʻtkazishga moʻljallangan ushbu markaz Markaziy Osiyo mintaqasida MISE turizmi uchun eng yaxshi platforma hisoblanadi.