Yig'ilishda elektrotexnika tarmog'i korxonalarining Respublikada erishgan ko'rsatkichlari to'g'risida so'z bordi.

Qayd etilishicha, 2021-yilning birinchi yarim yilligida mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 7,1 trillion so'mni tashkil etib, 2020-yilning tegishli davriga nisbatan 133 foiz o'sishga erishilgan. Tahlillar o'tgan davr ichida elektrotexnika sanoati korxonalari Respublika sanoatida eng yuqori o'sish sur'atlarini qayd etganini ko'rsatdi.

Joriy yilning o'tgan davrida soha korxonalari tomonidan 25 ming tonnaga yaqin mis xom ashyosi chuqur qayta ishlangan. Joriy yil yakuniga borib esa ishlab chiqarish hajmini 16,7 trillion so'mga (2020 yilga nisbatan 122 foizga) oshirish, mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 55 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Investitsiya dasturi doirasida birinchi yarim yillikda 81,0 million dollar, rejaga nisbatan 2,3 barobar investitsiyalar, shundan 52 million dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtirilib, rejaga nisbatan 4 barobarni tashkil etdi.

Loyihalar doirasida ventilyator, elektron tarozilar, elektr choynaklar, sanoat muzlatgichlari, trancformator shitlari, elektr dvigatellari, akkumulyator va boshqa shu kabi mahsulotlar o'zlashtirilib, 1,0 tillion so'mlik qo'shimacha ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi. Joriy yilning yakuniga qadar 143 million dollar investitsiyalar, shundan 55 million dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya va kreditlar o'zlashtiriladi.

Joriy yilning o'tgan birinchi yarim yillik yakunlari bilan mahsulotlar eksporti 237 million dollarni tashkil etib, o'tgan yilning tegishli davriga nisbatan 2 barobarga oshgan. Joriy yil yakuniga mahsulotlar eksportini 500,0 million dollarga yetkazish maqsad qilib olingan.

Hozirgi paytda sohada yangi investitsiya loyihalar va istiqbolli yo'nalishlar ustida ish olib borilmoqda. Bu esa “elektronika va avtomatika”, “Yashil energetika” va shunga o'xshash bir qator yo'nalishlarni o'z ichiga oladi, deydi mutaxassislar tadbir davomida.