Viloyat hokimiga Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov va shahar hokimi Qobil Hamdamov hamrohlik qildi.

Dastlab mehmonlarga Filialda raqamli muhitni yaratish doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida taqdimot qilindi. Filialning 2021-2030-yillarga moʻljallangan strategik rivojlanish konsepsiyasining asosiy yoʻnalishlari, ularning OKMKda amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar bilan uygʻunligi boʻyicha maʼlumot berildi.

Shundan soʻng mehmonlar bu yerda professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Zoyir Mirzayev ilmiy-tadqiqot va oʻquv-tajriba xonalarini koʻzdan kechirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollar boʻyicha masʼullar bilan suhbatlashdi. Ayniqsa, filial huzurida tashkil etilgan «Gis-geomiks» ilmiy-oʻquv va muhandislik markazida olib borilayotgan tadqiqot ishlariga alohida qiziqish bildirildi.

Hozirgi kunda Filial professor-oʻqituvchilari tomonidan Respublikamiz kon-metallurgiya sanoati korxonalari muammolari yuzasidan jami 810 million soʻmlik xoʻjalik shartnomalari imzolangan va Innovatsion rivojlanish vazirligi eʼlon qilgan amaliy mavzu boʻyicha 1 milliard 288 million soʻmlik ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalarida yuzaga kelayotgan ilmiy muammolar boʻyicha 1,5 milliard soʻmdan ortiq ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi rejalashtirilgan.

Tashrif doirasida professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.

– Eng izlanuvchan va intiluvchan yoshlarimiz dunyoning eng ilgʻor tajribalarini borib oʻzlashtirsin, – dedi Zoyir Mirzayev. – Bu boradagi bilim va koʻnikmalarini oʻzimizda tatbiq etsin. Shu bilan birga, yoshlar milliyligimiz va maʼnaviyatimizni unutmasligi kerak. Mana shunday yoshlar uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi”ni joriy etamiz.

Shuningdek, suhbat mobaynida innovatsion gʻoyalar uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi va texnologiyalar yoʻnalishi boʻyicha OKMK AJning stipendiyalari berilishi boʻyicha dastur tayyorlanadigan boʻldi.