Bunda asosiy eʼtibor ikki davlat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratildi.
2024-yil yanvar-avgust oylarida tovar ayirboshlash oʻtgan yilga nisbatan 20 foizga oshdi. Qoʻshma investitsiyalar portfeli turli sohalarda Elsewedy Electric, Orascom Investment, Orascom Construction, Gulf Data Hub, Nile Sugar, Solyphar va Elaraby Group kabi kompaniyalar ishtirokida amalga oshirilgan umumiy qiymati 1,5 milliard dollardan ortiq boʻlgan 18 ta loyihani oʻz ichiga oladi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun barcha mavjud resurslar va imkoniyatlardan foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish yoʻllarini tahlil qilish va aniq takliflar ishlab chiqish boʻyicha qoʻshma ishchi guruh tuzish chora-tadbirlari kelishib olindi.
Moliya va bank institutlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Misrlik kompaniyalarni yangi xususiylashtirish dasturi va infratuzilmaviy rivojlanish, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida davlat-xususiy sheriklik doirasidagi yirik loyihalarda ishtirok etishga faol jalb etish kabi ustuvor vazifalar koʻrib chiqildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga oʻzaro tayyor ekanliklarini bildirdilar va Oʻzbekiston va Misr oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishini joriy yil oxirigacha Samarqand shahrida oʻtkazishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.