Delegatsiya aʼzolari korxonadagi zamonaviy va innovatsion ishlab chiqarish jarayonlari, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar ushbu tashrifdan katta taassurot olganini izhor qildilar.
Aytish joizki, Fargʻona viloyati bilan Misrning Kalyubiya hududi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish, ikki viloyat ishbilarmonlari kengashini tashkil etish koʻzda tutilmoqda. Kelgusida Misrda Oʻzbekiston “Savdo uyi”ni hamda Fargʻona toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining logistika omborini tashkil etish ham rejalashtirilgan