Kuni kecha «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan ajratilgan insonparvarlik ko'magining o'n uchinchi turkumini SHarm ash-SHayxdan Toshkentga etkazib berdi. Jami 80 dona qutida 1280 ta “Daclatasvir-60 mg” dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Qayd etish joizki, Misr “V” va “S” gepatiti viruslariga qarshi kurashda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forig' etilgan bo'lib, Misr olimlari tomonidan yaratilgan maxsus diagnostika apparatlari va ularning tajribasini ham o'zbek mutaxassislari bilan o'rtoqlashishga tayyor.