Suhbat chogʻida kompaniyaning Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va yillik quvvati 200 ming tonna shakar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish loyihasining borishi atroflicha koʻrib chiqildi.
Nile Sugar vakillari Oʻzbekistonda investitsiya faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar.
Uchrashuv yakunida Misr tajribasi va texnologiyasidan foydalangan holda loyiha qurilishini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha qoʻshma chora-tadbirlar ishlab chiqildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
2006-yilda tashkil etilgan Misrning Nile Sugar kompaniyasi Orascom Group xoldingi tarkibiga kiradi. Misrdagi eng yirik shakar ishlab chiqaruvchisidir.