Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda. 

Umumiy 30 dona qutiga yuklangan 7,2 ming “Sofosbuvir-400 mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Qayd etish joiz, Misr gepatit “B” va “S” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqiyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forigʻ boʻlgan va bu haqda vazir Xalid Abdugʻaffor joriy yilning 21-30-may kunlari Jeneva shahrida boʻlib oʻtgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining 76-sessiyasida maʼlum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, Misrning gepatit “S” kasalligiga qarshi kurashdagi begʻaraz yordami davlatimiz byudjetidan ajratilgan 35 milliard soʻmni tejash imkonini berdi. Natijada ushbu mablagʻlar gepatitni aniqlash boʻyicha aholini “skrining” qilish hajmini joriy 10 mingdan 1 millionga qadar oshirish, yashiringan viruslarni aniqlab, kasallikka toʻliq barham berishga imkon yaratishi mumkin.

Taʼkidlash joiz, ushbu tadbir Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 20-21-fevral kunlari Misrga rasmiy tashrifi hamda ikki mamlakat sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar chogʻida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Taʼkidlanishicha, faqat aholini ommaviy tekshirish va gepatitga qarshi doimiy kurash natijasida ushbu kasallikka 2030-yilga kelib chek qoʻyish mumkin.