Loyiha hujjatlariga ko'ra, u 50 qavatli bo'ladi.
Qurilish Qohira yaqinida 2025-yil boshida boshlanadi. Bino bir necha yil oldin qurila boshlangan yangi ma'muriy poytaxtning bir qismiga aylanishi ko'zda tutilgan. Loyihaning qiymati bir milliard dollarga baholanmoqda. Loyiha Saudiya Arabistonining qurilish kompaniyalaridan biri tomonidan amalga oshiriladi.
Arxitektorlar rejasiga ko'ra, minora umumiy elektr tarmog'iga ulanishi shart emas. Uning fasadiga quyosh panellari o'rnatiladi, bu esa elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojning chorak qismini ta'minlaydi. Qolgan ehtiyojni vodorod hisobiga to'ldirish rejalashtirmoqda, u binoga suyuq holatda yetkaziladi.
Qurilish 2030-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan. Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Dubay va Ar-Riyodda ham xuddi shunday binolar barpo etilishi mumkin, deb xabar beradi mir24.tv.