Misrda fir'avn Ramzes II haykalining bir qismi topildi

    Misrning Minya shahri yaqinida olib borilgan qazishmalar davomida misrlik va amerikalik arxeologlar guruhi fir'avn Ramzes II haykalining yuqori qismini topishdi.

    Topilgan ohaktosh blokining balandligi taxminan 3,8 metr bo'lib, unda toj va bosh kiyim kiygan Rampes tasvirlangan.

    Haykal orqa ustunining yuqori qismida Qadimgi Misrning eng qudratli fir'avnlaridan birini ulug'lovchi iyeroglif yozuvlar bor.

    1930-yilda qazib olingan haykalning pastki qismi bilan birga umumiy uzunligi yetti metrga yaqin. Arxeologlar allaqachon haykalning ikkala qismini birlashtirish uchun tayyorgarlik ishlariga kirishgan.

    U Buyuk Ramzes nomi bilan ham tanilgan bo'lib, Misrning o'n to'qqizinchi sulolasining uchinchi fir'avni bo'lgan, miloddan avvalgi 1279-yildan 1213-yilgacha hukmronlik qilgan, deb xabar beradi korrespondent.net.