Voqea sodir boʻlgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Maxsus reys bilan mamlakat poytaxtidan tibbiyot xodimlari yetib kelishdi. Xabarlarda aytilishicha, 32 kishi hayotdan koʻz yugan.

Mamlakat bosh prokuraturasi tekshiruvni boshladi. Al Arabiyaʻning Misr temir yoʻllari kompaniyasi bayonoti asosida tarqatgan xabarida aytilishicha, Luksor – Aleksandriya yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan poyezdning vagonlaridan birida nomaʼlum kishi stop-kranni bosgan va poyezd toʻxtab qolgan. Shundan soʻng orqadan kelayotgan Osuan – Qohira poyezdi unga kelib urilgan. Natijada odamlar bilan toʻla boʻlgan uchta vagon agʻdarilib ketgan.

Hozircha ikki poyezd mashinistlari ham qoʻlga olindi.

Misr prezidenti Abdel Fattah as-Sisi halok boʻlganlar yaqinlariga kompensatsiya toʻlanishini aytdi.