“Dunyo“ AAning xabar berishicha, Uchrashuvida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish istiqbollari, shuningdek, uni yanada rivojlantirish yoʻnalishlari muhokama qilindi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalarining yuqori sifati va raqobatbardoshligiga alohida eʼtibor qaratildi.

Xorij tomoni qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, Misrda Oʻzbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqarishning toʻliq siklini tashkil etish, shuningdek, Afrika bozorlariga mazkur mahsulotlarning eksportini yoʻlga qoʻyish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirdi.

Hamkorlik aloqalarining amaliy bosqichlarini muhokama qilish maqsadida shu yilning iyul oyida “AgroTex Klaster“ ishchi guruhining Misrga safarini tashkil qilishga kelishib olindi.

“Tanta Motors“ kompaniyasi 1950-yilda tashkil topgan. U Misrda qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi xususiy korxonalardan biridir. Mazkur kompaniya kichik hajmdagi traktorlardan tortib, turli qishloq xoʻjaligi texnikasi, jihoz va uskunalargacha ishlab chiqaradi. “Tanta Motors“ mahsulotlari Afrika, Yevropa va Yaqin Sharqning 20 dan ziyod mamlakatlariga eksport qilinadi.