Misrda poyezdlarning to'qnashib ketishi oqibatida kamida 20 kishi jabrlandi

    Misr markazidagi El-Minya viloyatida ikkita yo'lovchi poyezdi to'qnashib ketdi va kamida 20 kishi jarohat oldi.

    Bu haqda mamlakat Sog'liqni saqlash vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

    “Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, poezdning to'qnashishi oqibatida 20 kishi jabrlandi, ularning barchasi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizildi”, deyiladi xabarda.

    Boshqarmaning ta'kidlashicha, ular hodisa oqibatida halok bo'lganlar haqida hozircha ma'lumot olmadi. Qayd etilishicha, voqea joyiga 23 tez yordam mashinasi yetib kelgan. Misr sog'liqni saqlash vaziri Xolid Abdel G'affor o'z o'rinbosarini u yerga yubordi.

    Al-Youm as-Sabia portalining xabar berishicha, 13-oktabr kuni ertalab Qohiraga ketayotgan yo'lovchi poyezdi boshqa poyezdning lokomotivi bilan to'qnashib ketgan. Oqibatda ikkita vagon relslar yonidan oqib o'tuvchi kanalga tushib ketgan. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi report.az.