Topilma 2000-yillik tarixga ega deb yozmoqda «Daily News Egypt» gazetasi.

Mumiyo Iskandariyadan gʻarbdagi Taposiris Magna ibodatxonasida yaxshi saqlanmagan 16 ta qabr orasidan chiqqan. Topilma mamlakat tarixida yunon-rim davrida keng tarqalgan misrliklarning dafn marosimidan dalolat berib turibdi. Olimlarning maʼlum qilishicha, qadimgi Misr eʼtiqodlariga koʻra marhum Yer osti xudosi — Osiris bilan suhbatlasha olishi uchun mumiyo folgadan yasalgan oltin til bilan bezatilgan.

Bundan tashqari, bir guruh olimlar papirus yoki zigʻirning shuvalgan qatlamlaridan yasalgan zarhal qobiqqa oʻralgan ikkita mumiyoni topdilar, deb yozadi “Smithsonian Magazine”. Ulardan bittasiga kobra va shoxlar bilan bezatilgan toj kiydirilgan. Bu haqda xorij manbalariga tayanib, aniq.uz xabar qoldirgan.