Jami 6720 donadan iborat mazkur preparatlar Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan bemorlarga taqsimlanishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, Misr hukumati 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollarilik jami 800 ming dona “Daklatasvir”, Sofosbuvir“ hamda ”Entekavir" dori vositalarini yurtimizga begʻaraz koʻmak sifatida taqdim etishni rejalashtirgan.