“Dunyo” AAning xabar berishicha, mamlakatimiz elchixonasi va Misr Sogʻlikni saqlash vazirligi rahbariyati oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida erishidgan kelishvlvrga binian, umumiy qiymati 114.829 ming AQSH dollari boʻlgan 28 dona qutidagi 7440 dona “S” gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositalarining 2025-yildagi uchinchi partiyasi Sharm ash-Shayxdan Toshkentga “UzAirways” aviakompaniyasi koʻmagida olib kelindi.

Mazkur dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etildai va ular shifotalab bemorlar oʻrtasida taqsimlanadi.

Oʻzbekistonning Qohiradagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, Misr hukumati tomonidan 2023-2024-yillar davomida ushbu virusiga qarshi vazni 12.4 tonna boʻlgan “Daclatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalarining 27 ta partiyasi mamlakatimizga yetkazib berilgan. Mazku dori vositalarining umumiy qiymati 1.4 million dollarni tashkil etadi.