Ana shunday maqolalardan biri Islom dinining asl mohiyatini saqlash yoʻlida faoliyat yuritgan buyuk alloma Imom al-Moturidiy merosini oʻrganishni ragʻbatlantirish maqsadida maxsus stipendiya taʼsis etilishiga bagʻishlandi. Xususan, maqola “Oʻzbekistonda xorijiy tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun Imom al-Moturidiy xalqaro stipendiya taʼsis etildi” sarlavhasi ostida eʼlon qilindi.

Fotima Badaviy qalamiga mansub “Samarqand forumi jahon yoshlari safini birlashtirishga xizmat qiladi” maqolasi esa 12-13-avgust kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan oʻtkazilgan “Yoshlar 2020: global birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlari” mavzusidagi Samarqand forumi yakunlariga bagʻishlandi. Muallif materialda Samarqand forumining ahamiyati va bugungi kundagi dolzarbligini taʼkidlab, forum rezolyutsiyasi yoshlar huquqlarini taʼminlashda muhim dasturil amal boʻla olishini yozadi. Mazkur maqola arab jamoatchiligi va yoshlariga forum yakunlari haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etgani bilan ham ahamiyatlidir.

“Al-Xabar al-youm” gazetasida chop etilgan “Jahon banki ekspertlari Oʻzbekistonda chorvachilikni rivojlantirish strategiyasini qoʻllab-quvvatlamoqda” nomli navbatdagi material esa Oʻzbekistonda chorvachilikni rivojlantirish orqali aholini sut va goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlash chora-tadbirlariga bagʻishlangan. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston hukumati sohada mavjud muammolarni hal etish va yangi zamonaviy loyihalarni jalb etishga qaratilgan vazifalarni moliyalashtirish maqsadida Jahon banki bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda, deyiladi maqolada.