Ikki qutqaruvchining jasadi bir kun avval, uchinchisiniki esa favqulodda vaziyatdan deyarli bir kun o'tib vayronalar ostidan chiqarib olingan. Mutaxassislar qidiruvni davom ettirmoqda, chunki vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo'lishi mumkin.
Hodisaning taxminiy sababi binoning birinchi va oxirgi qavatlarida qurilish ishlarini olib borish qoidalarining buzilishi bilan bog'liq. Xususan, ulardan biri bir nechta yuk ko'taruvchi devorlarni buzib tashlagan bo'lsa, yana biri qo'shimcha qavat qurgan. Uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar qonunbuzarliklar yuzasidan rasmiylarga shikoyat qilgan, biroq ularning shikoyatlari javobsiz qolgan, deb xabar beradi mir24.tv.