Mutaxassislarning fikricha, sayyora va uning halqasi orasidagi masofa bunday tizimlarning shakllanishi haqidagi mavjud nazariyalarga zid keladi. Boisi, ular mitti sayyora yuzasidan 4,1 ming kilometr uzoqlikda joylashgan.
“Quyosh tizimida ilgari noma'lum bo'lgan halqa tizimining topilishi, ayniqsa, uni Kvarardan bunchalik uzoq masofada topilishini kutmagan edik. Bu sayyoralar atrofida gaz va changdan iborat halqa qanday hosil bo'lishi haqidagi g'oyalarimizni shubha ostiga qo'yadi”, deydi universitet professori Vik Dillon.
Qayd etilishicha, astronomlar mitti sayyorani Gran Telescopio Canarias teleskopiga o'rnatilgan HiPERCAM kamerasi yordamida kuzatgan.
Bu mitti sayyoraning diametri 1,12 ming kilometrni tashkil etadi va uning atrofida 170 kilometrlik Veyvot yo'ldoshi aylanadi, deyiladi korrespondent.net saytida.