Ayrimlar hatto miya faoliyatini yaxshilash va mahsuldorlikni oshirish uchun ko'pchilik turli biologik faol qo'shimchalar (BAD) va "aqlli" tabletkala iste'mol qiladi. Lekin quyidagi oddiy tabiiy ichimliklar ham miya faoliyatini yaxshilaydi.
Masalan, bugungi kunda eng mashhur ichimliklardan biri hisoblangan qaxva. Tarkibidagi kofein tufayli u miya samaradorligini oshiradi. Olimlar uzoq vaqtdan beri ushbu ingrediyent miyaning fikr jamlash va xotirani qobiliyati yaxshilashini aniqlashgan. Faqat har bir kishi o'z organizmi uchun qahvaning meyorini bilishi va belgangan miqdordan oshmasligi kerak. Kuniga to'rt stakandan ko'p emas!
Ko'k choy ham diqqatni jam qilish va organizmni tetiklantiruvchi ichimlik hisoblanadi. Bir piyola ko'k choy miya faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi va turli kasalliklarga qarshi kurashadi.
Shuningdek, choy qo'ziqorini — Kombucha (kombucha) ham miya faoliyatini yaxshilashga yordam beradi. Kombuchani o'zingiz tayyorlashingiz yoki maxsus do'konlarda xarid qilishingiz mumkin.
Yangi siqilgan apelsin sharbatida miya uchun zarur bo'lgan juda ko'p S vitamini mavjud. Qon tarkibida ushbu vitamin miqdori yuqori bo'lgan odamlar ma'lumotni eslab qolishlari, shuningdek, chet tillarini yaxshi o'rganishlari isbotlangan.
Va nihoyat kefirga keladigan bo'lsak, u ham kambucha kabi, probiyotiklarga boy. Bu fermentlangan ichimlik miya faoliyatiga, shuningdek, inson tanasida muhim bakteriyalarning ko'payishiga yordam beradi. Kefirni yoqtirmaydiganlar uni qo'shimchalarsiz ichimlik yogurt bilan almashtirishlari mumkin. Uning tarkibida fermentlar ham bor ekani haqida Zamin. uz ma'lumot bermoqda.