Miya faoliyatini yaxshilash usuli topildi

    Olimlar har kuni ozuqa tolasi iste'mol qilish miya faoliyatini yaxshilashini aniqlashdi.

    Tadqiqotda 60 yoshdan oshgan 36 juft egizak ishtirok etdi, ular 12 hafta davomida platsebo yoki ozuqa qo'shimchalarini iste'mol qilishdi. Shu bilan birga, barcha ko'ngillilar jismoniy mashqlarni bajarishdi va mushaklar faoliyatini yaxshilash uchun oqsil qo'shimchalarini qabul qilishdi.

    Ma'lum bo'lishicha, tola qo'shimchasi ishtirokchilarning ichak mikrobiomasi tarkibida sezilarli o'zgarishlarga, xususan, bifidobakteriyalar kabi foydali bakteriyalar sonining ko'payishiga olib keldi.

    Guruhlar o'rtasida mushak kuchida sezilarli farq bo'lmasa-da, tolali qo'shimchani olgan guruh miyaning kognitiv funktsiyasini baholash testlarida, shuningdek, reaktsiya vaqti va ma'lumotlarni qayta ishlash testlarida yaxshiroq natija ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.