Miyaga qon quyilishining avval noma'lum bo'lgan sababi aniqlandi

    Kaliforniya universiteti (AQSh) jamoasi tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijasida miyaga qon quyulishining avval noma'lum bo'lgan sababi aniqlandi.

    Ilgari bu holat faqat qon tomirlarining shikastlanishi bilan bog'liq deb hisoblangan.

    Olimlar miyadagi kichik qonashlar keksa qizil qon tanachalari va miya kapillyarlarining o'zaro ta'siridan kelib chiqishi mumkinligini, qizil qon tanachalari miya kapillyarlarida tiqilib qolib, xavfli asoratni keltirib chiqarishini aniqlashdi.

    Miyadagi kichik qonashlar ko'plab tibbiy sharoitlar bilan bog'liq bo'lib, ular keksa odamlarda tez-tez uchraydi.

    Ilgari olimlar bu jarayonni hujayrada tahlil qilishgan. Yangi tadqiqotda ular qizil qon hujayralarini tret-butilgidroperoksid deb ataladigan kimyoviy modda bilan davolashdi. Ushbu birikma oksidlovchi stressni keltirib chiqardi. Keyin hujayralar sichqonlarga yuborildi.

    Kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, qizil qon tanachalari miya kapillyarlariga yopishib qoladi va keyin ulardan chiqib ketadi. Shundan so'ng ular mikrogliya hujayralari tomonidan so'riladi va bu qon ketishini keltirib chiqaradi, deb xabar beradi mir24.tv.