Kattalar oʻrtasidagi bellashuvlarda Jamshid Tillayev, Zafar Rashidov va Asrorbek Anvarjonov oʻz vazn toifalarida oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Qarshi Usmonov finalga qadar janglarda zafar quchgan holda kumush medalga sazovor boʻldi. Shuningdek, terma jamoa aʼzolari Firdavs Hayitmatov, Shamshod Shukurov, Islombek Qodirov, Humoyiddin Muxtorov, Natalya Qodirova, Oʻgʻiloy Jumanova, Gulsara Qozoqboyeva hamda Mashhura Yoʻldosheva bronza medali sohibi boʻldi.

Medallar jamgʻarish boʻyicha 3 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqqan Tojikiston terma jamoasi ikkinchi, 3 ta oltin hamda 1 ta kumush toʻplagan Ukraina termasi uchinchi boʻldi.
Yoshlar oʻrtasidagi bellashuvlarda Zafarjon Asatov, Mirjalol Oʻrolov, Muzayana Sadriddinova hamda Xurshidaxon Roziqova oʻz vazn toifalarida jahon chempioniga aylandi.

Firdavs Atamuradov, Sarvarbek Hasanov, Raʼno Nasreddinova, Mahliyo Abdumannopova kumush medali bilan taqdirlandi. Jahon chempionatining bronza medali Shohjahon Temirov, Ilhomjon Borisov, Suxrob Boymatov, Islombek Quvonchev, Yusupboy Ahmedov, Mirzohid Sobirov, Musinjon Moʻminjonov, Odinaxon Abdugʻaniyeva, Shohsanem Amaniyazova, Xadichabonu Tursunqulovaga nasib qildi.

Shu tariqa, Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 4 tadan oltin va kumush hamda 10 ta bronza medaliga sazovor boʻlgan holda jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egalladi.