Asillik palatasi – bu realizatsiya qilishga moʻljallangan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini asillik darajasini aniqlashni va davlat tamgʻalari bilan tamgʻalab berishni taʼminlab beruvchi vakolatli organ. Ushbu buyumlar, qonunga binoan, sotuvga qoʻyilganda, oʻrganish va tamgʻalash tartibidan oʻtishi kerak.

Loyiha vijdonli mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarni va ular bilan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subektlarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

Uning asosiy vazifasi - sifatsiz va qalbaki mahsulotlarni sotuvdan chiqarish, zargarlik buyumlarining qonuniy savdosi uchun sharoit yaratish, sohada yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilib, ularning sotib olingan mahsulotlarning sifati va qonuniyligiga ishonch hosil qilishini taʼminlash.

Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlariga hujjatlar bilan ishlashda amaliy yordam koʻrsatilmoqda. Buning uchun mobil guruhga litsenziyalash boʻlimi mutaxassislari kiritilgan. Masalan, bozorda roʻyxatdan oʻtgan 28 ta tadbirkorlik subyektidan 8 tasi mazkur faoliyatni amalga oshirmagan, 4 tasi esa vakolatli organni xabardor qilmasdan ishlagan.

Asillik darajasini belgilash palatasi xodimlarining yordami bilan ular tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirdilar va endi oʻz faoliyatini qonuniy asosda amalga oshiradilar. Bu ularga 50 BHM miqdoridagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima toʻlashdan saqlanish imkonini berdi.