Qayd etilishicha, arizada oʻziga tegishli bank plastik kartasi hisobidan 2.135.625 soʻm miqdoridagi pullar yechib olinganligini maʼlum qilib, shu pullarni yechib olgan shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida fuqaro I.E. tanishi 28 yoshli N.Yu. bilan birgalikda tarixiy obidalarni ziyorat qilish uchun sayohatga chiqishgan vaqtida, 2020-yilning 7-sentyabr kunidan, 2020-yilning 10-sentyabr kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, mobil ilova orqali N.Yu. oʻzining telefon raqamiga I.E.ning plastik karta raqamlarini kiritishga muvaffaq boʻlib, I.E.ga tegishli bank plastik kartasi hisobida boʻlgan 2.135.625 soʻm miqdoridagi pullarni yechib olishga erishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan qoʻzgʻatilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.