Keyingi paytlarda Yevropaning taniqli oʻyinchilarini Saudiya Arabistoni klublariga taklif etish anʼanaga aylanib bormoqda. Ronaldu «An Nasr»da toʻp surmoqda. «Al Hilol» Messiga qancha soʻrasa, shuncha pul toʻlashga tayyor.
Endi gal Luka Modrichga keldi. Jurnalist Tomas Gonsalesning yozishicha, Saudiya Arabistoni klublaridan biri, «An Nasr» boʻlsa kerak, xorvatiyalik futbolchiga yillik 30 million yevro maoshli taklif qilgan. Lekin Luka bu taklifni rad etgan. U Madridda qolishni istamoqda.
Xabarlarga qaraganda, Modrich «Real» rahbariyatidan kelishuvni uzaytirish taklifini kutyapti. Klub prezidenti Florentino Peres esa mavsum yakuniga yaqin bu borada aniq qarorga kelmoqchi.